1

Jahon banki O`zbekistonga maxsus imtiyozli shartlarda 800 million dollar kredit ajratadi

Iqtisodiyot 09.12.2023, 14:20
Jahon banki O`zbekistonga maxsus imtiyozli shartlarda 800 million dollar kredit ajratadi

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O`zbekistonda rivojlanish siyosatini qo`llab-quvvatlash bo`yicha operasiyani ma`qulladi. Bu haqda Bank Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu turdagi operasiya Jahon bankining dunyoning turli mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan maxsus moliyaviy vositasi hisoblanadi. Operasiya doirasida mamlakat hukumatiga ijtimoiy, iqtisodiy va iqlim o`zgarishi sohalaridagi islohotlarning yangi bosqichini amalga oshirish uchun moliyaviy yordam ko`rsatiladi. 

Jahon bankining yangi operasiyasi hukumat kun tartibidagi asosiy ustuvor vazifalar, jumladan, qishloq xo`jaligi, temir yo`l, kimyo sanoati va energetika kabi muhim tarmoqlarda davlat nazoratini kamaytirishni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan. Ko`riladigan chora-tadbirlar xususiy sektorning ushbu tarmoqlarni rivojlantirishda yanada faol ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, ushbu operasiya aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga hamda iqlim o`zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq muammolarga echim topishga yordam beradi.

Operasiya doirasida Jahon banki hukumatga maxsus imtiyozli shartlar asosida 800 million AQSh dollari miqdorida kreditlar shaklida moliyaviy yordam beradi. Ushbu mablag`lar hukumatga xalqaro moliya bozorlarida hozirgi kunda mavjud bo`lgan qarz olish imkoniyatlariga nisbatan pastroq foiz stavkasida va uzoqroq muddatga taqdim etiladi. Natijada O`zbekiston uchun kredit mablag`larini to`lash bilan bog`liq xarajatlar sezilarli darajada kamayadi. Bu, o`z navbatida, mamlakatga muhim moliyaviy resurslarni tejash imkonini beradi, tejalgan mablag`lardan ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1