AsosiyJamiyat

O`zbekiston-Germaniya zamonaviy logistika markazi tashkil etiladi

'O`zbekiston-Germaniya zamonaviy logistika markazi tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil sentyabr oyida Germaniyaga tashrifi davomida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ va Germaniyaning “Rhenus SE&Co. KG” kompaniyalari o`rtasida Andijon viloyatida hamkorlikda zamonaviy multimodal logistika markazini qurish bo`yicha kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu kelishuvga ko`ra Andijon logistika markazi negizida “O`ztemiryo`lkonteyner” AJ va “Rhenus SE&Co. KG” kompaniyalari o`rtasida “UzContargo Andijan” qo`shma korxonasini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Zamonaviy logistika markazi ochiq va yopiq bojxona omborlari, konteynerlarni ortish-tushirish maydoni, og`ir yuklarni qayta ishlash va multimodal tashuvlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi.

2024-2026 yillarda loyihaga 20 mln. Evro investisiya kiritish orqali kelgusida logistika markazida yiliga 250-300 ming tonna yukni qayta ishlash imkoni yaratiladi. 

“UzContargo Andijan” qo`shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi mart oyining oxirlariga rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar