Turkiyaning “AJet” aviakompaniyasi O`zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqida O`zbekiston transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligi xabar berdi.
Ruxsat O`zbekiston va Turkiya o`rtasida havo qatnovi to`g`risidagi Hukumatlararo bitim asosida berilgan. Unga ko`ra 2024 yil 21 fevralda “O`zaviasiya” agentligi tomonidan “AJet” aviakompaniyasiga Anqara-Toshkent-Anqara yo`nalishi bo`yicha O`zbekistonga muntazam parvozlar yo`lga qo`yiladi.
Parvozlar B737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi.