Bugun ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida qor yog`adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.
24.02.2024 08:15