Toshkent shahriga to`rt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi. Bu haqda "Toshkent Metropoliten" DUK xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilan yo`riqnomaga asosan, 8-10 kun davomida texnik sinovdan o`tkazilib, so`ngra yo`lovchilarga xizmat qilishi yo`lga qo`yiladi.
Yo`nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, "Yunusobod" va "Er usti halqa yo`li yo`nalishlari"da harakatga chiqariladi.
Shuningdek, ta`kidlash lozimki, 2024 yil may oyiga so`ngiga qadar bosqichma bosqich ravishda yana 8 ta metro poezdi olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.