"Dok-1 Maks" ishi bo`yicha ayblanuvchilarga qachon yakuniy hukm o`qilishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
2024 yil 26 fevral kuni soat 15.00 da Toshkent shahar sudida (Toshkent shahri, Alisher Navoiy shohko`chasi, 23 A) “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog`liq jinoyat ishini ko`rib chiqish yakuni bo`yicha sud qarori e`lon qilinadi.
Eslatib o`tamiz, 2022 yil oxiri, 2023 yil boshida ushbu dori vositasidan 65 nafar voyaga etmagan bolalar vafot etgandi.