Ohangaron tumanidagi “Ungut” MFY hududidagi 53-sonli umumta`lim maktabida ham mazkur an`ana boshlanganligi haqida Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
Bugungi kunda ushbu muassasada 200 nafardan ziyod o`quvchilar tahsil olishadi. 50 nafarga yaqin pedagog-xodimlar faoliyat olib boradi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzaev tashabbusi bilan joriy qilingan “telefonsiz maktab” tizimini ko`plab hududlarda keng yoyish maqsadida chora-tadbirlar o`tkazilmoqda.