AsosiyJinoyat
2257

Toshkentda qarama - qarshi yo`nalishda harakatlangan “Lacetti” haydovchisiga chora ko`rildi

'Toshkentda qarama - qarshi yo`nalishda harakatlangan “Lacetti” haydovchisiga chora ko`rildi'ning rasmi

Joriy yilning 27 mart kuni "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi mashinaning salon qismiga ruxsatnomasiz miltillovchi (migalka) chiroq o`rnatib, o`zi va o`zgalarning hayotini xavf ostiga qo`yib, qarama - qarshi  harakatlanganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavsizligi boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu avtomashina haydovchisi Rahimjon ismli shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJTK.ning 128 -135- moddalari bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qo`shimcha ma`lumot: Haydovchi, haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmaganligi sababli, O`zbekiston Respublikasi MJTKning 135-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar