Surxondaryoda 32 yoshli yigit qidirilmoqda. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Shabnam” mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan (ruhiy kasal) Mahmud Murodov Erkin o`g`li 2024 yil 15 aprel kuni yashash manzilidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.
“Uni topilishida ko`maklashgan fuqarolar 5 000 000 (besh million) so`m pul mablag`i bilan mukofotlanadi hamda ma`lumot berganlarning shaxsiga oid ma`lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
Ushbu shaxs haqida ma`lumotga ega bo`lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so`ralgan: 102, +998-90-530-09-00, +998-90-917-22-27, +998-99-672-22-27, +998-91-583-48-48.





