AsosiyJamiyat

Rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani hokimi lavozimigatayinladi.

Bunga qadar u Marhamat tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Bo`taxonov Furqatbek Tojimuhammadovich - Andijon viloyatining Buloqboshi tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 

U bunga qadar Buloqboshi tumani hokimining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Ma`murov O`tkirbek Komiljonovich - Andijon viloyatining Marhamat tumani hokimi lavozimiga  tayinladi. 

U bunga qadar Buloqboshi tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Boshqa yangiliklar