Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi maktabgacha ta`lim muassasasida tarbiyachining bolalarni kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqalgandi.
Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
O`rganish davomida mazkur holat Gurlan tumanidagi 23son maktabgacha ta`lim tashkilotida 2023 yil noyabr oyida sodir bo`lganligi aniqlandi. Holatni o`rganish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruhi shakllantirildi.
«O`rganish ishlari yakuniga etgach qo`shimcha ma`lumot berilishini bildiramiz», deyiladi xabarda.