AsosiyJamiyat

Surxondaryoda kuchli sel oqibatida 360 bosh qo`y nobud bo`ldi (video)

Surxandaryoda 3 kun davom etgan yog`ingarchilik sababli qo`ylar nobud bo`lgan. Bu haqda Su...

Surxandaryoda 3 kun davom etgan yog`ingarchilik sababli qo`ylar nobud bo`lgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatida 2024 yilning 29-30 aprel, 1 may kunlarida qattiq yog`ingarchilik kuzatilgan. Oqibatda, Sherobod tumanining «Bog`iobod» mahallasiga adirlikdan sel kelgan. Qishloqqa kelgan kuchli sel sababli qo`radagi 360 bosh qo`y nobud bo`lgan.

Nobud bo`lgan qo`ylardan har xil kasaliklar tarqalmasligi uchun viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va viloyat Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan ular dezinfeksiya qilib ko`mildi.

Boshqa yangiliklar