O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisining o`rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O`zbekiston Prezidenti Oliy Evroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig`ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g`alabaning 79 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.