AsosiyJamiyat

Samarqandda 8 sinf qiz chaqaloq dunyoga keltirdi

'Samarqandda 8 sinf qiz chaqaloq dunyoga keltirdi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda maktabning 8 sinf o`quvchisi ona bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi. 

Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8 sinf o`quvchisi, voyaga etmagan 2009 yilda tug`ilgan P.Z. 2023 yil avgust oyida o`ziga avvaldan tanish bo`lgan, 2006 yilda tug`ilgan Sh.E. bilan yaqin munosabatda bo`lgan. 2024 yil 6 may kuni shifoxonada P.Z. chaqaloq dunyoga keltirgan.

Mazkur holat yuzasidan (voyaga etmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan bo`lsada) tuman IIB tomonidan JKning 128-moddasi 1-qismi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Shu bilan birga, bunday toifadagi jinoyat ishi doirasida voyaga etmagan jabrlanuvchi shaxsiga oid bo`lgan boshqa ma`lumotlarni oshkor qilish va tarqatish qonunan taqiqlangan hamda bola manfaatlariga zid ekanligini eslatib o`tamiz", - deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar