AsosiyIqtisodiyot
4602

Aprel oyi uchun elektron TTYlarni 1 iyungacha rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

'Aprel oyi uchun elektron TTYlarni 1 iyungacha rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi'ning rasmi

Joriy yil 1 apreldan yirik soliq to`lovchilar uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etilgan edi.

Soliq to`lovchilarda yangi tizimdan foydalanish bo`yicha ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida tadbirkorlik sub`ektlari bilan birgalikda manzilli ishlar tashkil etilmoqda, deya xabar qilmoqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati.

Xususan, Soliq qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari M.Mirzaev ishtirokida xo`jalik sub`ektlari va tizim operatorlari vakillari bilan uchrashuv o`tkazildi.

Unda dastlab tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi. O`zaro konstruktiv muloqot davomida tizimni yanada soddalashtirish yuzasidan takliflar o`rtaga tashlandi.

Tadbirlarda bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, soliq organlari mutaxassislari tizimni optimallashtirish yuzasidan amaliy choralar ko`rmoqda.

Xususan, Soliq qo`mitasi tomonidan ko`p sonli soliq to`lovchilarning murojaatlari inobatga olinib, aprel oyida rasmiylashtirilishi lozim bo`lgan elektron TTYlarni joriy yilning 1 iyuniga (01.06.2024 y.) qadar rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

“Hurmatli soliq to`lovchilar, Sizlardan o`tgan davrda rasmiylashtirilmasdan qolgan elektron TTYlarni berilgan muddatda to`liq rasmiylashtirish choralarini ko`rishingiz so`raladi”, - deyiladi xabarda.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar