Farg`ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi Qo`shtepa tumanidagi maktabda o`quvchilariga tarsaki tushirgan xodim ishi yuzasidan ma`lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo`shtepa tumanida joylashgan maktabda Milliy gvardiya xodimi maktab o`quvchilariga tarsaki tushirgani tasvirlangan video tarqaldi. Milliy gvardiya mas`ullari tomonidan olib borilgan o`rganishlar natijasida ushbu holat tumandagi 49-umumta`lim maktabida sodir bo`lgani aniqlangan.
Voqea yuzasidan xizmat surishtiruvi o`tkazilib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va videotasvirda aks etgan xodim egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan.