AsosiyIqtisodiyot
4242

Soliq qo`mitasi Raisi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

'Soliq qo`mitasi Raisi ishbilarmonlar bilan uchrashdi'ning rasmi

 Soliq qo`mitasi Raisi Sherzod Kudbievning “G`ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ)da faoliyat yuritayotgan tadbikorlik subektlari vakillari bilan yuzma-yuz muloqoti bo`lib o`tdi.

Unda tuman hokimiyati va “G`ijduvon” EIZ direksiyasi rahbariyati hamda 30 dan ortiq tadbirkorlik subektlari, jumladan xorijiy investor va eksportchi korxonalar vakillari qatnashdi.

Ochiq va samimiy o`tgan uchrashuvda tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, ularning faoliyatiga to`sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish hamda investisiya dasturlari va eksport ko`rsatkichlarini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda ishbilarmonlar tomonidan o`rtaga tashlangan ayrim masalalar shu erning o`zida qonuniy echim topdi. Qo`shimcha o`rganish talab etiladigan boshqa murojaatlarni hal etish yuzasidan mas`ullarga topshiriqlar berildi.

Ma`lumot o`rnida. 2024 yil 1 may holatiga “G`ijduvon” EIZga a`zo bo`lgan 43 ta korxonada 2 379 nafar fuqaroning bandligi ta`minlangan.

EIZ hududida shu kunga qadar 528,9 mln AQSh dollari qiymatidagi investisiya loyihalari amalga oshirilib, joriy yilning o`tgan davrida 274,7 mlrd so`mlik tovarlar realizasiya qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar