Samarqand viloyati Narpay tumanida spirtli ichimlik iste`mol qilib, transport vositasini boshqargan 70 yoshli erkak 2-sinf o`quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa qiz maktabdan qaytayotganida sodir bo`lgan. Oqibatda qizning qo`li singan va u operasiya qilingan. Haydovchi qizga yordam ko`rsatgan, shifoxonaga olib borgan.
Ikkinchi marta ichmayman, mashina ham haydamayman», — deydi erkak.
Ma`lum bo`lishicha, yo`l-transport hodisasini sodir etgan erkak bundan bir yil oldin ham spirtli ichimlik iste`mol qilib transport vositasini boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan.
Holat yuzasidan Narpay tumani IIB Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.