1

"O`zgidromet" favqulodda xabar e`lon qildi

Jamiyat 22.05.2024, 21:31
"O`zgidromet" favqulodda xabar e`lon qildi

Joriy yilning 23-26 may kunlari O`zbekistonning tog` oldi va tog`li hududlarida yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Bu haqida "O`zgadromet" xabar bermoqda.

23 mayda cho`l hududlarda, 24-26 mayda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli, joriy yilning 23-26 may kunlari respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog` oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari so`ralmoqda.

Respublika hududi bo`yicha yomg`ir suvlari to`planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1