AsosiyIqtisodiyot
3749

Rossiyada Navoiy viloyati hokimi boshchiligidagi delegasiya investisiya kelishuvlariga erishdi

'Rossiyada Navoiy viloyati hokimi boshchiligidagi delegasiya investisiya kelishuvlariga erishdi'ning rasmi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegasiyasi Rossiya Federasiyasida xizmat safarida bo`ldi. Safar uchrashuvlarga boy va muzokalar qizg`in bo`ldi. Xususan, “1520” kompaniyasi guruhlari bosh direktori o`rinbosari  Dmitriy Bolotskiy, “Profayn” kompaniyasi bosh direktori Elena Ermakova, “Russkiy Lyon” kompaniyasi ijrochi direktori Valeriy Misharin, “Prirodny kamen” kompaniyasi ta`sischisi Pyotr Zasedatelevlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi.

Uchrashuvlar davomida temir yo`l uchun zarur bo`ladigan butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, “Navoiy” EIZ hududida qiymati 5 mln. dollarlik eshik va derazalar hamda ehtiyot qismlari ishlab chiqarishni tashkil etish, zig`ir poyasi va paxta tolalari aralashmalaridan ip kalavadan boshlab tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarish loyihalari, Navoiy viloyatidan Rossiya Federasiyasiga tabiiy pardozbop toshlarni eksport qilish bo`yicha muzokara olib borildi. Qayd etioishicha, uchrashuvning ilk kunija 40 mln dollarlik kelishuvga erishilgan.


 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar