Joriy yilning fevral oyidan tatbiq etilgan barqarorlik reytingi natijasida tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatida ijobiy o`zgarishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, har bir mezonga alohida mas`ul xodim biriktirilgan. Ular o`zlariga biriktirilgan mezonlar bo`yicha tadbirkorlik sub`ektlariga tavsiya va tushuntirishlar berib bormoqda.
Olib borilayotgan ishlar natijasida joriy yilning may oyida 79 mingga yaqin tadbirkorlik sub`ekti o`z barqarorlik reytingini oshirdi.
Reyting toifalari bo`yicha tadbirkorlar:
🟩AAA – 373 ta
🟩AA – 515 ta
🟩A – 879 ta
🟦BBB – 3 513 ta
🟦BB – 5 762 ta
🟦B – 7 971 ta
🟪CCC – 3 900 ta
🟪CC – 32 226 ta
🟪C toifadagi 16 712 ta ko`paygan
D toifadagi 78 569 ta tadbirkor o`z reytingini oshirdi.
Reytingi ko`tarilgan tadbirkorlar sonining eng yaxshi o`sish sur`atlari quyidagi hududlarda qayd etildi:
Toshkent shahrida – 10 960 ta
Farg`ona viloyatida – 6 947 ta
Qashqadaryo viloyatida – 6 809 taga oshgan
O`z navbatida, joriy yilning may oyida AAA toifadagi 93 ta tadbirkorlik sub`ektlariga QQS bo`yicha ortiqcha to`lovidan 100,4 mlrd so`m mablag`lar bir kun muddatda qo`shimcha tekshiruvlarsiz qaytarib berildi.






