AsosiyJamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida”gi qarorni imzoladi

'Prezident Shavkat Mirziyoev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida”gi qarorni imzoladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko`ra, 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga to`g`ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. 

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to`g`ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko`chiriladi, 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo`shimcha dam olish kuni bo`ladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, mas`ul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy an`ana va urf-odatlariga uyg`un holda o`tkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida mo``tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.


 

 

    Boshqa yangiliklar