AsosiyJamiyat

“Chorsu” bozori oldida qora ro`mol kiygan ayol ko`rinishidagi erkak ushlandi

'“Chorsu” bozori oldida qora ro`mol kiygan ayol ko`rinishidagi erkak ushlandi'ning rasmi

Qayd etilishicha, “Chorsu” bozori oldida qora ro`mol kiygan, ayol ko`rinishidagi shaxs o`z harakati orqali shubha uyg`otgani uchun tuman IIB xodimlari tomonidan to`xtatilgan. So`ng shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`limiga olib borilgan.

Tekshiruv vaqtida ushbu shaxs Toshkent viloyati Bo`ka tumanida yashovchi 22 yoshli B.P. (erkak) ekani aniqlangan. Bu haqda “Gazeta.uz”ning huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga tayanib yozmoqda.

Surishtiruv davomida u 2023 yil oktyabr oyida Rossiyaning Moskva shahriga ishlash maqsadida ketib, 2024 yil 17 iyunda qaytgani, 19 iyun kuni yashash manzilidan chiqib, “Chorsu” bozori tomonga aylanish maqsadida kelgani ma`lum bo`lgan.

U IIB xodimlari tomonidan to`xtatilib tekshirilganda qonuniy talabga bo`ysunmay, faol qarshilik ko`rsatgan. Surishtiruv davomida fuqaro yoshlik chog`idan buyon ayollarga xos kiyinishga qiziqib, ko`cha-ko`yda ovoz tonini mayin qilib, ayollar ovoziga o`xshatib gapirishi, vaqti-vaqti bilan burqa-hijob o`rab yurishi aniqlandi, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan yigitga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 194- (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 195- (ichki ishlar organlari xodimlarining o`z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko`rsatish) hamda 184−4-moddalari (jamoat joylarida shaxsini identifikasiya qilish imkonini bermaydigan ko`rinishda bo`lish)ga asosan xujjatlar rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar