Bugun, 23 iyun kuni soat 19:47da Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yangi Choshtepa MFY, O`zar ko`chasida ochiq maydonda quruq o`t va shox shabba yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar FVBga xabar berdi.
Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 19:59 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 20:24 da o`chirilgan.
Sodir bo`lgan yong`in natijasida ochiq maydonda quruq o`t va shox shabba yonib zararlangan.
Yong`in sababi aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi.