AsosiyDunyo

Qirg‘iziston ham kartoshka eksportini taqiqlashni rejalashtirmoqda

O‘tgan yil kartoshka eksportining asosiy qismi O‘zbekistonga bo‘lgan.

'Qirg‘iziston ham kartoshka eksportini taqiqlashni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Qirg‘iziston ham kartoshka eksportini taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya yozmoqda "Sputnik Kyrgyzstan"

Bu chora chayqovchilik va asossiz narxlar oshishining oldini olishga qaratilgan, deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.

O‘tgan yilning 11 oyi davomida Qirg‘iziston 68,2 ming tonna kartoshka eksport qilgan, ularning asosiy qismi O‘zbekistonga yuborilgan. 

Eslatmb o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston kartoshka eksportini taqiqlagandi.


    Boshqa yangiliklar