AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`onga hamdardlik bildirdi

O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoev Istanbul shahrida yuz bergan va ko`plab insonlarning halok bo`lishiga sabab bo`lgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`onga va butun Turkiya xalqiga chuqur ta`ziya bildirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Mamlakatimiz Rahbari maktubida halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so`zlarini izhor qildi.

Boshqa yangiliklar