AsosiyMadaniyat

Euronews va CNN telekanallarida Farg‘oniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar efirga uzatildi.

"Oskar" mukofoti sovrindori, mashhur britaniyalik aktyor Ben Kingsley ishtirokida "Ma'rifat aks-sadosi" turkum filmi doirasida suratga olingan Far'g'oniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar dunyoning yetakchi Euronews va CNN xalqaro telekanallarida efirga uzatildi.

'Euronews va CNN telekanallarida Farg‘oniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar efirga uzatildi.'ning rasmi

Mazkur roliklar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli media-loyihaning muhim qismi bo‘lib, unda Sharq uyg‘onish davrining buyuk mutafakkirlari va olimlari merosi xalqaro auditoriyaga zamonaviy, ta’sirchan vizual echimlar orqali taqdim etilmoqda. Videoroliklar jahon tomoshabinlarini islom sivilizatsiyasi bag‘rida kamol topgan ilm-fan, tafakkur va ma’naviyat an’analari bilan tanishtirishga qaratilgan.

Loyihada ser Ben Kingsley ishtirok etib, u Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va Amir Temur kabi buyuk siymolar hayoti, ilmiy merosi hamda ularning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida hikoya qiladi.

“Ma’rifat aks-sadosi” loyihasi doirasida tarix, madaniyat va fan rivojiga muhim ta’sir ko‘rsatgan allomalar hayotiga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq qisqa metrajli hujjatli filmlar ishlab chiqish rejalashtirilgan. Ushbu filmlar aynan xalqaro tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, dunyoning yetakchi media-platformalari orqali namoyish etiladi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi doirasida mamlakatimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib etish, xalqaro madaniy muloqotni mustahkamlash hamda O‘zbekistoni qadimiy sivilizatsiyalar beshigi, fan va ma’rifat markazi sifatida dunyoga tanitishga xizmat qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hayriddin Sultonovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” unvoni berildi'ning rasmi

    Madaniyat 19.01.2026 12:08

    ''ning rasmi

    Madaniyat 11.01.2026 03:42

    'BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”'ning rasmi

    Madaniyat 27.12.2025 13:57

    BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”

    Britaniyaning mashhur tarixiy jurnali — "History Extra"da chop etilgan "Meros posbonlari" maqolasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi aynan shunday taʼriflanadi.

    'Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi'ning rasmi

    Madaniyat 20.12.2025 10:53

    Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi

    Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston tarixida ilk bor 3D formatda ishlangan to‘liq metrajli animatsion film haqida fikr bildirdi.

    'Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?'ning rasmi

    Madaniyat 19.12.2025 13:33

    Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?

    Toshkent shahrida yangi yil bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etiladi.

    'O‘zbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Madaniyat 01.12.2025 14:34

    O‘zbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi

    Milliy statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumotlarni taqdim etdi.