340 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan MrBeast va Janubiy Afrika Respublikasidan bo‘lgan yozuvchi, geymer hamda neyropsixolog Teya Boysen tropik sohildagi to‘y marosimida nikohdan o‘tdi.

Juftlik 2024 yil Rojdestvo bayramidagi sovchilikdan so‘ng to‘yga tayyorgarlik ko‘rgan. Teya Boysen esa nikohdan oldin Italiyada bir oylik qizlar davrasidagi bayramni nishonlagan.

Donaldson nikoh marosimida sodda va zamonaviy oq kostyum kiyadi. U to‘y suratlarini ijtimoiy tarmoqda e’lon qilib, "Missis Bistni topdim. Bu hayotimdagi eng go‘zal kun bo‘ldi", deb yozdi.

Kelinlik libosidagi Teya Boysen esa ijtimoiy tarmoqdagi ismini "Teya Donaldson"ga o‘zgartirdi.

Yillik daromadi 700 million dollarga yetadigan MrBeast dunyodagi eng boy kontent yaratuvchilaridan biri hisoblanadi. Uning nikoh to‘g‘risidagi xabari qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.






