AsosiyDunyo

Shavkat Mirziyoyev Pokistondagi portlash munosabati bilan ta'ziya yo'lladi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy va bosh vaziri Shahboz Sharifga ta'ziya yo'lladi.

'Shavkat Mirziyoyev Pokistondagi portlash munosabati bilan ta'ziya yo'lladi'ning rasmi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahridagi masjidda sodir bo‘lgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani hamda jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy va bosh vaziri Shahboz Sharifga ta'ziya yo‘lladi. 

Davlat rahbari Pokiston xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 fevral kuni Pokiston poytaxtidagi shialar masjidida juma namozi vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘lgan, 169 kishi jarohatlangan edi.

    Boshqa yangiliklar