AsosiyBU QIZIQ

Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

''ning rasmi

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekiston hududida havo harorati asta-sekin pasayadi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

1 iyun kuni kunduzi respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 34-36 daraja, janubda esa 38-40 darajagacha etadi.

2—4 iyun kunlari respublika bo‘yicha yoz faslining boshi uchun xos bo‘lgan ob-havo kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Kechasi va kunning birinchi yarmida asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida esa konvektiv bulutlar rivojlanib, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Shu kunlarda havo harorati asta-sekin 28-33 darajagacha, janubiy hududlarda esa 34-37 darajagacha pasayadi.

5 iyun kuni faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

Shamol tezligi 7-12 metr/soaniyani tashkil etadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/soaniyagacha kuchayishi, ayrim hududlarda esa chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 1—5 iyun kunlari ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda. Shuningdek, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida 1 iyun kuni qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati 34-36 daraja atrofida bo‘ladi. 2—4 iyun kunlari kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat esa asta-sekin 29-31 darajagacha pasayadi. 5 iyun kuni yog‘ingarchilik kutilmayapti, kunduzi havo 31-33 daraja bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar