AsosiyDunyo

Zelenskiy Rossiyaga "energetik sulh" taklif qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga energetika infratuzilmalariga zarba bermaslik boʻyicha oʻzaro kelishuv taklif qildi.

'Zelenskiy Rossiyaga "energetik sulh" taklif qildi'ning rasmi

Zelenskiyga ko‘ra, agar Rossiya Ukraina energetika tizimiga hujumlarni to‘xtatsa, Kiyev ham xuddi shunday javob qaytaradi. U shuningdek, Rossiya neft narxlarining oshishidan tushayotgan daromadni urushga sarflayotganini aytdi va eksport imkoniyatlarini cheklash muhimligini ta’kidladi.

Avvalroq Ukraina Pasxa munosabati bilan sulh taklif qilgan, ammo Moskva buni rad etgan. Zelenskiy bu qarorni tanqid qilib, Rossiya uchun “muqaddas narsa yo‘q”ligini bildirdi.

Eslatib o‘tish joiz, 2026 yil qishida Donald Tramp iltimosiga binoan Rossiya qisqa muddatga Ukraina energetika obyektlariga zarba berishni to‘xtatgan edi.

    Boshqa yangiliklar