AsosiyBU QIZIQ

Dam olish kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

"O‘zgidromet" O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo prognozini ma’lum qildi.

'Dam olish kuni ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 37–42 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, vaqt-vaqti bilan 13–18 m/s gacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 37–42 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar