AsosiyDUNYO

AQSh talabi bilan Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirdi

Janubiy Koreya va AQShning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari olti kunga qisqartirildi.

'AQSh talabi bilan Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirdi'ning rasmi

Janubiy Koreya va AQShning Ulchi Freedom Shield–2026 qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari olti kunga qisqartirildi. Mashg‘ulotlar avval 27 avgustgacha davom etishi rejalashtirilgan edi, ammo endi 21 avgust kuni yakunlanadi. Bu haqda  BBC xabar berdi.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, qaror AQSh tomonining taklifi asosida qabul qilingan. Shuningdek, dala-taktik mashg‘ulotlar ko‘lami ham qisman kamaytiriladi.

AQSh prezidenti Donald Trump mashg‘ulotlarni qimmat va Shimoliy Koreya uchun "dushmanona signal" deb atagan. U, shuningdek, KXDR rahbari Kim Chen In bilan munosabatlari yaxshi ekanini ta’kidlagan.

Bu qaror Trumpning Kim Chen In bilan yangi uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilayotgani haqidagi xabarlar fonida qabul qilindi. Shu bilan birga, Trump Janubiy Koreyaning AQShning Eronqa qarshi amaliyotlarida ishtirok etishdan bosh tortganini ham tanqid qilgan.

Shimoliy Koreya esa AQSh va Janubiy Koreyaning qo‘shma mashg‘ulotlarini "tajovuzkor urushga tayyorgarlik" deb baholadi.

    Boshqa yangiliklar