Andijon viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Izboskan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 11 kilogrammdan ortiq «marixuana» giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot organlari tomonidan voqeaning barcha tafsilotlari va unga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.






