AsosiyJAMIYAT

Ikki viloyatda qariyb 2 mlrd so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy o‘zlashtirildi.

Mazkur holatlar yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

'Ikki viloyatda qariyb 2 mlrd so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy o‘zlashtirildi.'ning rasmi

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog'liq 6 ta holat aniqlandi. Qoidabuzarliklar oqibatida jami 1,86 mlrd so'mdan ziyod zarar yetkazilgan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura shtabi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida o'tkazilgan nazorat tadbiri davomida "A. G." MChJga qarashli korxona elektr tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Buning natijasida 439 mln so'mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Kasbi tumanida esa yakka tartibdagi tadbirkor Ch. S.ga qarashli binoda shunga o'xshash qoidabuzarlik aniqlanib, ta'minot korxonasiga 118 mln so'm zarar yetkazilgani qayd etilgan.

Chiroqchi tumanidagi "Q. S. T." MChJga qarashli suv nasoslarida aniqlangan noqonuniy foydalanish holati bo'yicha esa 122 mln so'mlik zarar hisoblangan.

Samarqand viloyatida ham elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog'liq 3 ta holat aniqlangan.

Xususan, Samarqand tumanida yakka tartibdagi tadbirkor M. S.ga qarashli korxona elektr tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulangan. Oqibatda 524,7 mln so'mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Shu tumanidagi "S. A. I." MChJga qarashli binoda aniqlangan qoidabuzarlik natijasida 180 mln so'mlik zarar yetkazilgan.

Bulung'ur tumanida esa yakka tartibdagi tadbirkor M. A.ga qarashli noturar binoda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlanib, elektr ta'minoti korxonasiga 477 mln so'm zarar yetkazilgan.

    Boshqa yangiliklar