AsosiyJAMIYAT

Qamashida 17 yoshli haydovchi yo'l chetida turgan 3 yoshli bolani urib yubordi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

'Qamashida 17 yoshli haydovchi yo'l chetida turgan 3 yoshli bolani urib yubordi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, 2026 yil 30 iyun kuni soat 20:00 larda Qamashi tumani hududidan o'tuvchi D-149 avtomobil yo'lining 1-kilometrida 2009 yilda tug'ilgan U.Y. "Chery" rusumli avtomashinasida harakatni boshlashdan oldin yo'lning chetki qismida turgan, 2023 yilda tug'ilgan A.B.ni turtib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko'rsatilgan.

Mazkur holat Qashqadaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan qonuniy tartibda rasmiylashtirilgan. Avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Ayni paytda to'plangan hujjatlarni Jinoyat ishlari bo'yicha Qamashi tuman sudiga yuborish choralari ko'rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar