AsosiyJAMIYAT

Deyarli har uchinchi qarz oluvchida bittadan ortiq kredit bor.

Yana 7 foiz aholi rasmiy va tartibga solinadigan mikromoliya tashkilotlari xizmatlaridan foydalanmoqda.

'Deyarli har uchinchi qarz oluvchida bittadan ortiq kredit bor.'ning rasmi

O‘zbekistonda banklardan kredit olgan fuqarolarning qarz majburiyatlari bo‘yicha yangi tahliliy ma’lumotlar e’lon qilindi. Markaziy bank tomonidan tayyorlangan moliyaviy ommaboplik bo‘yicha ilk milliy indeks natijalariga ko‘ra, banklardan kredit olgan mijozlarning 29 foizi bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq kredit majburiyatiga ega.

Ma’lumotlarga ko‘ra, deyarli har uchinchi qarz oluvchida bittadan ortiq kredit bor.

Ayni vaqtda voyaga etgan aholining 20 foizi tijorat banklarida amaldagi kredit hisobvaraqlariga ega. Yana 7 foiz aholi rasmiy va tartibga solinadigan mikromoliya tashkilotlari xizmatlaridan foydalanmoqda.

Shu bilan birga, yangi ajratilayotgan chakana kreditlarning qariyb 80 foizi inson omilisiz, avtomatlashtirilgan kredit konveyeri orqali rasmiylashtirilmoqda. 

Qayd etilishicha, voyaga etgan aholining 98 foizi haqidagi ma’lumotlar kredit byurosi bazasiga kiritilgan. Bu moliya tashkilotlariga kredit oluvchining kredit tarixini, amaldagi majburiyatlarini va umumiy qarz yukini baholash imkonini beradi.

Markaziy bankka ko‘ra, kreditlash ko‘lamini kengaytirish jarayonida har bir qarz oluvchining mavjud majburiyatlarini to‘liq hisobga olish, kredit shartlarini uning to‘lov qobiliyatiga moslashtirish hamda ortiqcha qarzdorlik xavfini barvaqt aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

    Boshqa yangiliklar

    Deyarli har uchinchi qarz oluvchida bittadan ortiq kredit bor. - Darakchi.uz