AsosiyJAMIYAT

Tadbirkorni aldab, pul olgan soliqchi ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Tadbirkorni aldab, pul olgan soliqchi ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax shahar soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, inspektor X.Sh. YaTT "T.M."ning 1,4 mln so‘mlik soliq qarzdorligini 17 mln so‘m deb ko‘rsatgan. U tadbirkorga ushbu qarzdorlikni to‘lamasa, bu haqda tegishli idoralarga ma’lum qilishini aytgan.

Shuningdek, u tadbirkordan 9 mln so‘m bersa, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali soliq qarzdorligini yo‘q qilib berishini va’da qilgan.

Shundan so‘ng u 2 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Qolgan 7 mln so‘mni Jizzax shahar soliq inspeksiyasi binosi oldida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Boshqa yangiliklar