Bugun, 24 avgust kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. To‘qnashuvdan so‘ng transport vositalarida yong‘in chiqqan. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa soat taxminan 07:30 larda O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi D002 "Toshkent–Nurafshon" avtomobil yo‘lining 9-kilometrida sodir bo‘lgan.
1991 yilda tug‘ilgan haydovchi Labo rusumli avtomobilni yo‘lning qayrilib olish mumkin bo‘lgan joyidan burib olayotgan vaqtida o‘z yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti va Tracker rusumli avtomobillar bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida avtomobillarda yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.






