AsosiyJAMIYAT

Rossiyalik shaxmatchilar Samarqanddagi Jahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etmaydi

46-Jahon shaxmat olimpiadasi joriy yilning 15–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

'Rossiyalik shaxmatchilar Samarqanddagi Jahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etmaydi'ning rasmi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezidentlar kengashi Rossiya shaxmat terma jamoalarining O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Jahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaror qildi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachov ma’lum qildi.

“Jamoalarimiz Jahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etmaydi. Ushbu qaror FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand tashabbusi bilan kengash tomonidan qabul qilindi”, — dedi Tkachov.

Uning ta’kidlashicha, qaror shaxmatni siyosatdan ustun qo‘yadigan shaxslar emas, shaxsiy manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadiganlar tomonidan qabul qilingan.

46-Jahon shaxmat olimpiadasi joriy yilning 15–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

Rossiya terma jamoasi FIDE tomonidan mamlakatga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar uzaytirilgani sababli musobaqada ishtirok etmaydi. Shu tariqa, rossiyalik shaxmatchilar jamoaviy dunyo birinchiligini ketma-ket uchinchi marta o‘tkazib yuboradi.

    Boshqa yangiliklar