AsosiyJAMIYAT

Saida Mirziyoyeva Chjao Letszi bilan uchrashdi

Tomonlar parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga ko‘tarilayotganini qayd etdi.

'Saida Mirziyoyeva Chjao Letszi bilan uchrashdi'ning rasmi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashdi.

Samiy ruhda o‘tgan suhbatda so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar davlatlar rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida tobora mustahkamlanib borayotgani muhokama qilindi.

Tomondar parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga ko‘tarilayotganini qayd etdi.

“Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda amalga oshirishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Uning ta’kidlashicha, ikki davlat oldida mushtarak rejalar ko‘p. Asosiy vazifa esa ularni izchil ravishda hayotga tatbiq etishdan iborat.

Saida Mirziyoyeva Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar