AsosiyJAMIYAT

O‘zbekistonda “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalanuvchilar soni 2,8 milliondan oshdi

Uch oy ichida xizmatdan foydalanuvchilar soni 267 mingdan ziyodga oshgan.

'O‘zbekistonda “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalanuvchilar soni 2,8 milliondan oshdi'ning rasmi

2026 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2 million 841 ming 475 nafar jismoniy shaxs "Kreditga taqiq" xizmatidan foydalangan. Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xizmatdan foydalanuvchilarning 1 million 656 ming 387 nafarini erkaklar, 1 million 185 ming 88 nafarini esa ayollar tashkil etadi.

atdan foydalanuvchilar soni 2 million 574 ming 26 nafar bo‘lgan. Uch oy davomida ularning soni 267 ming 449 nafarga yoki 10,4 foizga oshgan.

"Kreditga taqiq" xizmati fuqarolarga o‘z nomiga kredit, mikrokredit yoki kredit kartasi rasmiylashtirilishini cheklash imkonini beradi. Ushbu mexanizm shaxsning xabari va ishtirokisiz kredit rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olishga qaratilgan.

Xizmat 2025 yil 6 iyundan ishga tushirilgan. Undan foydalanish bepul bo‘lib, fuqarolar taqiqni istalgan vaqtda o‘rnatishi yoki bekor qilishi mumkin.

Cheklovni KATM mobil ilovasi, kredit byurosining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabinet, markazning qo‘ng‘iroqlar markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish mumkin.

    Boshqa yangiliklar