AsosiyJamiyat
4365

​Toshkentda yana bir avtobus yonib ketdi

'​Toshkentda yana bir avtobus yonib ketdi'ning rasmi

28 fevral kuni Toshkentning O`zgarish dahasida Mercedes-Benz rusumli avtobus yonib ketdi. Bu haqda Facebook‘dagi “Voditeli Tashkenta” («Drivers.uz») guruhiga asoslanib, O`zA xabar bermoqda.

Postga ilova qilingan surat avtobusdan ancha orqada turib olingan bo`lib, unda jamoat transporti vositasidan quyuq tutun chiqayotganini ko`rish mumkin. «Navbatdagi avtobus yonmoqda», — deyiladi postda.

Izohlarda foydalanuvchilarning voqeaga nisbatan taajjub va norozilik to`la fikrlarini o`qish mumkin.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar, shuningdek, avtobus qay darajada zarar ko`rgani haqida ma`lumot yo`q.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar