Germaniyaning janubida yo`nalishga chiqqan avtobus yuk mashinasi bilan to`qnashib, yonib ketdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Avtobusda 46 nafar yo`lovchi va 2 nafar haydovchi bo`lgan. Voqea bugun ertalab, Bavariyada sodir bo`ldi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, avtofalokat oqibatida 37 kishi jabrlandi, bir necha kishi bedarak yo`qoldi. YTHga uchragan avtobus Germaniyaning shimoliy qismidan Nyurnberg shahri tomon yo`lga chiqqan.