1

KIMLAR BOQUVChISINI YO`QOTGAN HISOBLANADI?

Savol-javob 11.10.2017, 17:28
KIMLAR BOQUVChISINI YO`QOTGAN HISOBLANADI?

— Boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi kimlar yoki qanday oilalarga beriladi?

Shamshod Omonov, Buxoro viloyati, Kogon shahri

M.TLEUOV, O`zbekiston Respublikasi Moliya huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktorining o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrdagi № 938-XII sonli "Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida"gi qonuni 19-moddasiga asosan, vafot etgan boquvchining qaramog`ida (20-modda) bo`lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a`zolari boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo`ladi. Bunda farzandlarga va ushbu moddaning «v» bandida ko`rsatib o`tilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramog`ida turgan-turmaganidan qat`i nazar tayinlanadi.

Marhumning qaramog`ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag` manbaidan mahrum bo`lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo`ladilar.

Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a`zolari hisoblanadilar:

a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to`lmagan bo`lsa yoki 16 yoshdan katta bo`lsa ham 16 yoshga to`lmasdan nogiron bo`lib qolgan bo`lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo`lmasa;

b) ota, ona, o`gay ota, o`gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to`lgan yoki nogiron bo`lsalar;

v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat`i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta`tilda bo`lish huquqini beradigan yoshga to`lgunga qadar boqish bilan mashg`ul bo`lsa va ishlamasa;

g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo`lgan kishilar bo`lmasa.

O`quvchilar 18 yoshga to`lgunga qadar boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar.

Boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo`lgan voyaga etmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1