AsosiySiyosat

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali nimani muhokama qildi?

Ikki davlat yetakchisi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash haqida fikr almashdi.

'O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali nimani muhokama qildi?'ning rasmi

Kecha, 8 iyul kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni amaliyotga joriy etish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish va hududlar darajasidagi aloqalarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik va ta’lim almashinuvini kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish muhimligi qayd etildi.

Suhbat davomida joriy yil kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilish samaradorligi ikki davlat aloqalari uchun muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Prezidentlar xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, oldinda turgan muhim tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Suhbat an’anaviy do‘stona va ishonchli ruhda o‘tgani ta’kidlanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 08.07.2025 21:02

    Shavkat Mirziyoyev "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

    "Gazprom neft" kompaniyasi bilan hamkorlikning istiqbolli rejalarini ko‘rib chiqildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

    Siyosat 06.07.2025 13:46

    'Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga 2 kunlik tashrifi yakuniga yetdi'ning rasmi

    Siyosat 04.07.2025 19:25

    Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga 2 kunlik tashrifi yakuniga yetdi

    Tashrif doirasida hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

    'Falastin-Isroil ziddiyatini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikka erishib bo‘lmaydi — Mirziyoyev'ning rasmi

    Siyosat 04.07.2025 18:09

    'Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 03.07.2025 20:51

    Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi

    Shuningdek, Mirziyoyev Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 03.07.2025 20:10

    Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarini qabul qildi

    Strategik muhim mintaqaviy loyiha — Transafg‘on temiryo‘lini qurish loyihasini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.