1

YaNGI TEMIR YO`LI OChILDI

Iqtisodiyot 02.12.2017, 09:34
YaNGI TEMIR YO`LI OChILDI

2016 yil dekabr oyida qurilishi boshlanib, shu yil sentyabr oyidan ishchi poezdlari qatnovi yo`lga qo`yilgan Buxoro – Miskin temir yo`li foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog`ida ushbu loyiha bilan tanishib, qurilish ishlarini jadallashtirish bo`yicha muhim tavsiyalar bergan edi.

Temir yo`l qurilishi Buxoro viloyatining Buxoro tumani va Qoraqalpog`iston Respublikasining Miskin maskanida bir paytning o`zida boshlandi. Ishning yaxshi tashkil etilgani samarasida umumiy uzunligi 355 kilometr bo`lgan temir yo`l liniyasida loyihaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Qurilish davomida qariyb 22 million kub metrlik tuproq ishlari bajarildi. 121 sun`iy inshoot, 12 ko`prik va 6 yo`l o`tkazgich, 5 stansiya va 5 raz`ezd barpo etildi. Bunyodkorlik ishlariga 2 mingga yaqin ishchi-mutaxassis, mingdan ziyod qudratli zamonaviy texnika va mexanizmlar jalb etildi. Mustaqillik yillarida barpo etilgan Sulton Uvaystog` – Nukus, Toshguzar – Boysun – Qumqo`rg`on, Angren – Pop temir yo`l liniyalari qurilishida mamlakatimizning ulkan texnik imkoniyati bilan birga, ishchi-mutaxassislarning katta salohiyati ham namoyon bo`lgan edi. Ana shu loyihalarda orttirilgan tajriba Buxoro – Miskin liniyasini bunyod etishda alohida ahamiyatga ega bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1