AsosiyDUNYO

Ispaniyada 35 yil ichida ilk bor buqalar jangi bekor qilindi

Madridda korrida bekor qilindi. Interfaks agentligining xabar qilishicha, Ispaniya poytaxt...

Madridda korrida bekor qilindi. Interfaks agentligining xabar qilishicha, Ispaniya poytaxtida 35 yil ichida ilk bor buqalar jangi o`tkazilmadi.

Tashkilotchilar o`tgan janglarda uch nafar matador jiddiy jarohat olgani sababli ushbu qarorga kelindi.  Mashhur matador David Mora buqaning shoxidan oyog`iga jiddiy jarohat oldi. Hozirda shifokorlar uning ahvolini og`ir deya baholashmoqda. 

Ushbu dahshatli sport turining o`tkazilishiga ko`plab odamlar qarshi chiqishsada, har yili Ispaniyada ikki mingga yaqin buqa jangi o`tkaziladi. Biroq buqalar jangining ashaddiy muxlislari ko`p. Ular orasida Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy ham. Korrida muxlislari ushbu jang turini tarixiy san`at va millat tarixida chuqur ildiz qoldirgan deb hisoblashmoqda.   

    Boshqa yangiliklar