Davlat statistika qo`mitasi tomonidan mamlakatimizning hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida 2019-yil 8-oktyabr kuni kuzatuv o`tkazildi va alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e`lon qilindi.
Kuzatuv natijasiga ko`ra,
- Tuxum mahsulotining minimal narxi Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, Farg`ona shahrining “Farg`ona shahar markaziy dehqon bozori”da kuzatildi (5 500 so`m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 so`m).
- 1 kg. mol go`shtining (suyaksiz go`shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (35 000 so`m). Mol go`shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Eski jo`va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Qo`yliq dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (55 000 so`m).
- Guruch mahsulotlari minimal narx Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (5 000 so`mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi 18 000 so`m).
- O`simlik yog`i mahsulotari minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (8 500) so`mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (13 500) so`mdan kuzatildi.
- Shakar mahsuloti minimal narxi Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Samarqand shahrining “Damariq dehqon bozori”da (5 000) so`mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (7 000) so`mdan kuzatildi.