AsosiyIqtisodiyot

9 oyda O`zbekistonda YaIM hajmi 5,7 foizga o`sdi

'9 oyda O`zbekistonda YaIM hajmi 5,7 foizga o`sdi'ning rasmi

2019 yil 31 oktyabr kuni parlament quyi palatasida o`tkazilgan navbatdagi majlisda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019 yil uchinchi choragidagi bajarilishining borishi to`g`risida»gi hisoboti eshitildi.

Hisobotni Bosh vazir o`rinbosarlari A.Abduhakimov va E.G`aniev taqdim etdi.

Hisobotga ko`ra, 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida yalpi ichki mahsulot (YaIM) o`tgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 foizga o`sdi. Xususan, sanoat tarmoqlari 7,0 foiz, jami xizmatlar – 12,7 foiz, chakana savdo aylanmasi – 7,0 foiz hamda qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi 2,4 foizga ortishi iqtisodiy o`sishning asosiy omili sifatida ko`rsatilgan. Mamlakatda yaratilgan qulay investisiya muhiti natijasida jalb etilayotgan jami investisiyalar hajmi 46,0 foizga, qurilish ishlari hajmi esa 19,3 foizga o`sgan.

Boshqa yangiliklar